Davom etmoqda
Qatag‘on qurbonlari xotirasini yod etish
✅ 2026-yil 3-sentabr kuni Farg‘ona ilg‘or kasbiy mahorat texnikumida “31-avgust – Qatag‘on qurbonlari xotirasini yod etish kuni” munosabati bilan 1-kurs o‘quvchilari o‘rtasida davra suhbati tashkil etildi.
✅ Davra suhbati davomida o‘quvchilarga Jadidlar o‘zbek xalqining ma’naviy uyg‘onish davrini boshlab bergan ulug‘ siymolari ekanligi to‘g‘risida batafsil tushuncha berildi.
✅ Yurtimizda Prezidentimiz tashabbuslari bilan Qatag‘on qurbonlari xotirasini abadiylashtirish borasida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari videofilm orqali namoyish etildi.