Farg'ona shahar hokimi tashrifi
✅ Joriy yilning 3-sentyabr kuni Farg‘ona shahar hokimi Nazarov Vosiljon Shuhratovich Farg‘ona ilg‘or kasbiy mahorat texnikumiga tashrif buyurib, ta’lim muassasasida bunyod etilayotgan yangi bino va inshootlarda olib borilayotgan qurilish-montaj ishlari bilan yaqindan tanishdi.
✅ Tashrif davomida amalga oshirilayotgan qurilish ishlarining borishi, obyektlarning sifati hamda belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida bajarilishi yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.
✅ Mazkur bunyodkorlik ishlari texnikumning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, zamonaviy ta’lim sharoitlarini yaratish hamda yoshlarni zamonaviy kasb va mutaxassisliklarga sifatli tayyorlashga xizmat qiladi.
Barcha yangiliklar