Ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil qilish bo'yicha 2026-yil uchun yill

Ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil qilish bo'yicha 2026-yil uchun yill

23.09.2026

✅ Joriy yilning 23-sentyabr kuni, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy ta'lim agentligi direktori tomonidan 2026-vil 30-yanvarda tasdiqlangan "Ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil qilish bo'yicha 2026-yil uchun yillik taqvim reja" ijrosini ta'minlash maqsadida Farg‘ona ilg‘or kasbiy mahorat texnikumining  pedagog xodimlari Farg‘ona shahrida joylashgan "O‘lkashunoslik" muzeyiga tashrif buyurdilar. ✅ Tashrif davomida xodimlar muzeyda namoyish etilayotgan tarixiy eksponatlar, qadimiy buyumlar, hamda ajdodlarimizning hayoti va faoliyatiga oid qimmatli manbalar bilan yaqindan tanishdilar. ✅ Muzey ekspozitsiyalari orqali Farg‘ona zaminining boy tarixi, milliy qadriyatlarimiz va ajdodlarimizning bebaho merosi haqida yangi ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. ✅ Bunday ma’naviy-ma’rifiy tashriflar xodimlarning tarixiy bilimlarini kengaytirish, milliy o‘zlikni anglash va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Barcha yangiliklar